Bagʻdod bugʻdoyi barakasi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida joriy yilda qariyb 200 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 7 ming 860 gektar maydonda gʻalla yetishtirildi. Bagʻdodlik fermerlar davlat omborlariga 20 ming 830 tonnadan ortiq gʻalla topshirib, Beshariq, Buvayda, Furqat tumanlari gʻallakorlari qatorida shartnoma rejasini bajarishga muvaffaq boʻldilar.
Ayni paytda tumanda tashkil etilgan 23 ta oʻrim-yigʻim otryadi tomonidan elimizning rizq-nasibasini sifatli yigʻishtirib olish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xorijdan iqlim sharoitiga mos yangi navlar olib kelib mahalliylashtirilayotgani, sohaga ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar keng tatbiq etilayotgani tufayli har bir gektar yerdan oʻrtacha 85-100 sentnerdan hosil olinishiga erishilyapti.
“Bogʻi eram Bagʻdod” fermer xoʻjaligi rahbari Obidaxon Rahimova tajribali fermer. Fermer xoʻjaligi aʼzolari 32 gektar gʻalla maydonida Rossiyadan olib kelingan serhosil gʻalla navlarini parvarishlab, har gektar yerdan oʻrtacha 100 sentnerdan hosil oldi.
— Bu yilgi hosil choʻgʻidan mamnunmiz, — deydi “Zamin ziyo” fermer xoʻjaligi rahbari Akmaljon Qoʻziyev. — 50,6 gektar yerga “Asr”, “Zamin” navlarini ekkan edik. Har gektar yerdan 100 sentnerdan oshirib hosil olib, yuzimiz yorugʻ boʻldi.
Prezidentimiz qarori asosida gʻalla xarid narxi boʻyicha erkin bozor tamoyillari joriy etilgani samarasi sifatida joriy yilda fermer A. Qoʻziyev birgina bugʻdoydan oʻrtacha 550-600 million soʻm daromad olishni rejalashtirmoqda.
Taʼkidlash oʻrinliki, Bagʻdod tumani fermer xoʻjaliklari tashabbusi bilan hududdagi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga bepul ravishda chorva ozuqasi boʻlgan somon, bugʻdoy tarqatilyapti. Shuningdek, kam taʼminlangan oilalar, yoshlarga takroriy ekin ekishi uchun gʻalladan boʻshagan maydonlar imtiyozli ravishda ajratib berilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring