BAAda mukofot jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri boshlandi
BAAda mukofot jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri boshlandi. Unda uch nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun dona surmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma'lum qildi.
BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Sharja Masters 2021" xalqaro turniriga start berildi. Maʼlum bo‘lishicha, musobaqada jahonning 29 davlatidan 60 nafar mahoratli shaxmatchi ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Unda yurtimiz sharafini yosh va umidli shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarovlar himoya qilishadi.
Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi N.Abdusattorov 2 648 ochko bilan dunyo reytingida roppa-rosa 100-o‘rinni egallab turibdi. "Sharja Masters 2021" xalqaro turnirida esa Abdusattorov o‘ninchi tartib raqami ostida qayd etilgan.
Xalqaro turnirning 1-tartib raqamli shaxmatchisi misrlik Amin Bosim bo‘lib, u 2 704 ochko bilan dunyo reytingida 34-o‘rindan joy olgan.
Biz bo‘lajak o‘yinlarda vakillarimizga omad tilaymiz.
Prezident Matbuot xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “SHHT – KXSHT” formatidagi uchrashuvdagi nutqining matnini eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring