BAAda Covid-19 vaksinasining qoʻshimcha dozasini qabul qilish majburiy etib belgilandi

15:52 06 Yanvar 2022 Dunyo
1009 0

BAAdagi barcha davlat tashkiloti xodimlari uchun Covid-19 ga qarshi emlanish va ish joyiga kirish uchun vaksinaning qoʻshimcha kuchaytirilgan dozasini olish majburiy etib belginadi.

Abu-Dabidagi Hukumatni qoʻllab-quvvatlash departamenti Abu-Dabi Favqulodda vaziyatlar, Inqirozlar va ofatlar qoʻmitasi bilan kelishgan holda ushbu tartibni 10-yanvar, dushanba kunidan boshlab kuchga kiritilishini maʼqulladi.

Rasmiy tibbiy imtiyozga ega boʻlgan xodimlar bu majburiyatdan ozod qilinadi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yangilangan tartiblar davlat organlarida mavjud ehtiyot choralarini kuchaytirish va aholi salomatligini yanada himoyalashga qaratilgan.

Xodimlar, xizmat koʻrsatuvchilar va shartnoma boʻyicha ish yuritayotgan fuqarolar har yetti kunda salbiy natijali PZR testlarini ish joyiga taqdim etishi kerak. Mehmonlar, mijozlar va vaqtinchalik xodimlar esa 48 soat ichida olingan PZR testining salbiy natijasini taqdim etishlari shart.

Toʻliq emlangan shaxslar ikkinchi dozadan olti oy oʻtgach, kuchaytiruvchi dozani olishlari lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?