BAAda birdaniga toʻrtta osmonoʻpar bino portlatildi

16:01 30 Noyabr 2020 Dunyo
342 0

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida hududni rivojlantirish loyihasi doirasida bir vaqtning oʻzida toʻrtta osmonoʻpar bino portlatildi.

Bu haqda mahalliy “Khaleej Times” nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, “Meena Plaza Tower” majmuasining toʻrt binosi portlatish yoʻli bilan buzilgan. Osmonoʻpar binolarning umumiy balandligi 144 qavatni tashkil etgan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining taʼkidlashicha, portlatish eng yuqori xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq amalga oshirilgan.

Binolarni buzish uchun atigi 10 soniya vaqt ketgan.

Qayd etilishicha, anchadan buyon ishlatilmay kelinayotgan binolar oʻrniga endilikda port uchun yoʻl oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?