Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi

10:49 12 Iyul 2022 Siyosat
639 0

Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida boʻlib, Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.

Qayd etish joizki, Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan siyosiy arbob boʻlgan. Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega boʻlishda ham marhumning xizmatlari kattadir.

Kuni kecha 67 yoshida bu dunyoni tark etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda. Sindzo Abe Yaponiya va, umuman, jahon tarixida yetuk siyosiy arbob hamda adolatli rahbar sifatida muhrlanib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?