Aziz Abduhakimov: «Pandemiyaga qaramay, Samarqand xayriya yarimmarafoni ajoyib natijalarni qayd etdi»

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan Navoiy va Samarqand viloyatlariga jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Tadbir «Samarkand Half Marathon — 2020" doirasida shahar va klublar oʻrtasidagi oʻtkazilgan musobaqalarning yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani bilan nihoyasiga yetdi.
Maʼlumotlarga koʻra, «Kapitalbank» ATB tomonidan ishtirokchilarning bosib oʻtgan har bir kilometri uchun 1 km 1000 soʻmga teng miqdordagi pul mablagʻlari yarimmarafon hisobiga oʻtkazib beriladi. Mazkur mablagʻlar va boshqa tushumlar Samarqand va Toshkentdagi madaniyat markazlarida autizmga chalingan bolalar uchin 2 ta badiiy ustaxona tashkil qilishga yoʻnaltiriladi.
— "Samarkand Half Marathon" mamlakatning sayyohlik salohiyati, ayniqsa, yangi segment — sport turizmini rivojlantirishga hissa qoʻshadigan xalqaro sport brendiga aylandi. Pandemiyaga qaramay, ushbu yarimmarafon ajoyib natijalarni qayd etgani bizni xursand qildi. Maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan barcha mashgʻulotlar yarimmarafon veb-saytida uch tilda subtitrlar bilan chop etildi.
Gʻoliblar yarimmarafon tashkiliy qoʻmitasi tomonidan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring