Ajratiladigan har bir dollar, har bir soʻm byudjetdanmi, bankdanmi – bu hammasi xalqning puli — Prezident

17:10 15 Aprel 2022 Siyosat
597 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Yigʻilish ishtirokchilarining eʼtiborini yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.

Bugungi selektor doirasida tadbirkorlik uchun juda katta kredit mablagʻlar – qoʻshimcha 500 million dollar ajratilmoqda.

Nima uchun? Chunki, qanchalik qiyin boʻlmasin, hozirgi murakkab vaziyatda xalqimiz farovonligini, davlatimizning barqaror rivojlanishini oʻylashimiz shart.

Ajratiladigan har bir dollar, har bir soʻm byudjetdanmi, bankdanmi - bu hammasi xalqning puli.

Mablagʻlar faqat va faqat oʻzini oqlaydigan, odamlarning daromadini oshiradigan va ish oʻrinlari yaratadigan loyihalarga yoʻnaltirilishi kerak.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlarini qatʼiy ogohlantirmoqchiman.

Ushbu rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan masʼul va javobgar boʻladi.

Byurokratiya va korrupsiyaga yoʻl qoʻyganlar kechirilmaydi, aybdorlar soʻzsiz javobgarlikka tortiladi», dedi Prezident yigʻilish yakunida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер