Ayolning shaʼni saqlab qolindi, uni sharmanda qilmoqchi boʻlgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi

21:55 15 Fevral 2021 Jamiyat
654 0

2021-yilning 4-fevral kuni soat 15:00 da 40 yoshli Nodira B. ning arizasiga asosan IIB xodimlari tomonidan Denov tumanidagi MFYlardan birida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 31 yoshli Bahrom U. Nodira B.ning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatmasligi va uning Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan turmush oʻrtogʻiga “Telegram”messenjeri orqali yubormasligi hamda oʻziga tegishli uyali telefon apparatidan oʻchirib yuborishi evaziga 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilib, tovlamachilik yoʻli bilan Nodira B.dan 5.200.000 soʻm pullarni olayotgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar Bahrom U.dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Bahrom U.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?