Ayollar va bolalarning oʻlimiga sabab boʻladigan AQSH bombalari Isroilga sotilishi mumkin emas — demokratlar Bayden qaroriga qarshi chiqdi

20:24 21 May 2021 Dunyo
794 0

AQSH Kongressi demokrat senatorlari AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining Isroilga 735 million dollarga qurol sotilishini taqiqlamoqchi.

Shu mazmundagi qaror AQSH Kongressiga senator Berni Sanders tomonidan yuborilgan, deya xabar berdi “AVS” telekanali.

Ushbu hujjatni demokratlari Aleksandriya Okasio-Kortez, Mark Pokan va Rashida Tlaib ham qoʻllab-quvvatlagan.

Sandersning soʻzlariga koʻra, Gʻazo sektorida vayronalar va ayollar hamda bolalarning oʻlimiga sabab boʻladigan AQSH bombalarini Isroilga hatto Kongressda muhokama qilinmasdan sotilishi mumkin emas.

Sandersning qoʻshimcha qilishicha, AQSH Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga hissa qoʻshishi shart.

Oldinroq, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishidan soʻng qiymati 735 million dollar boʻlgan AQSHning yuqori aniqlikdagi qurollarini Isroilga sotilishini maʼqullagani haqida xabar bergan edi.

Bugun esa Isroil va Falastin oʻrtasida sulh tuzish uchun muzokaralar boshlangani maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?