Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 barobarga kamaytirish koʻzda tutilmoqda — Farmon loyihasi

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan tadbirda senatorlar, qoʻmita ekspertlari, mahalliy kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raislari, mutasaddi vazirlik va idoralar, ularning hududiy tuzilmalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Unda “Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Maʼlumki, Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yoʻnalishi doirasida 100 ga yaqin puxta ishlangan maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining yarmini xotin-qizlar tashkil etadi. Albatta Farmon loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan birgalikda, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa ularni ijtimoiy himoyalash, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan.
Jumladan, ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish, yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar boʻyicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida alohida maʼlumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”i bilan integratsiya qilish kabi muhim vazifalar shular jumlasidandir.
Taʼkidlash lozimki, Farmon loyihasida xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar kasalligi va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan taʼminlash nazarda tutilgan.
Mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, moddiy manfaatdorligini oshirish uchun munosib shart-sharoit yaratib berish, ularni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash masalalari mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Ushbu yoʻnalishda loyihada xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
Jumladan, ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 barobar kamaytirish, birgina 2022-yilda 80 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha ham aniq mexanizmlarni amalga oshirish belgilanmoqda.
Yigʻilishda Senatning Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Manzura Salimova qayd etganidek, Strategiyaning 59-maqsadida Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish masalasi juda dolzarb boʻlib, 46 ta tumanlararo perinatal markazni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan taʼminlash nazarda tutilgan.
Shu oʻrinda Perinatal markazlarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar va tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda koʻrsatiladigan tibbiy xizmat turi murakkabligi va erishilgan natijalarni hisobga olish masalasini ham yoʻl xaritasida qayd etib oʻtish maqsadga muvofiqligini bildirdi.
Shu bilan birga, qoʻmita eksperti, Yuristlar
Mazkur takliflar umumlashtirilgan holda “Taraqqiyot strategiyasi”ga yuboriladigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring