Ayollar manfaatini taʼminlashda NNT ishtiroki muhim

20:45 01 Dekabr 2021 Jamiyat
305 0

Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan  “Men va oilam”   jamoat birlashmasi xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish borasida  samarali loyihalarni amalga oshirib kelayotgan nodavlat tashkilotlardan biri. Birlashma yaqinda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi ijtimoiy buyurtmalar tanlovida gʻolib boʻlib, 340 million soʻmlik grant mablagʻiga ega boʻldi.

Loyihaga koʻra, Toʻraqoʻrgʻon tumanida Mahalliy rivojlantirish markazi tashkil etilib, unda olti yoʻnalishdagi ikki  oylik kurslarda 420 nafar ishsiz, uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar kasbiy koʻnikmalarni egallashga yoʻnaltiriladi.

Bugun  Toʻraqoʻrgʻonda Mahalliy rivojlantirish markazining ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqanlar ayollarning jamiyat va oiladagi oʻrnini  yanada mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarda nodavlat tashkilotlarning ham tashabbuskorligi va faolligi ayni zarurat ekaniga urgʻu berdilar. Kursning ilk tinglovchilari bugunning  oʻzidayoq  dastlabki amaliy mashgʻulotlarni boshlab yubordilar.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?