“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi uchun 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi

13:06 23 Avgust 2022 Jamiyat
489 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish yoʻnalishidagi ishlar tahlili boʻyicha maʼlumot berdi.

Startap loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha 2019-2022-yillar mobaynida 10 ta tanlov eʼlon qilindi. Tanlovlarda har bir startap loyihasi 6 bosqichli saralashdan oʻtkaziladi.

Shu kunga qadar tanlovlarga 2 000 ga yaqin ariza kelib tushgan. 2019-2022-yillar davomida jami hisobda 104,0 mlrd soʻmlik 155 ta startap loyiha moliyalashtirilgan. Startap loyihalarni moliyalashtirilishi natijasida jami 1 279 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

2022-yil birinchi yarim yilligiga koʻra jami 12,9 mlrd soʻmlik 16 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan.

2023-yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida yoshlar texnoparklari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Vazirlik tashabbusi bilan startap loyihalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3 ta investitsiya kompaniyasi, 6 ta venchur fondi va 1 ta boshqaruv kompaniyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?