Ayol tadbirkor boʻlsa, oilada baraka boʻladi

Foto: “Xalq soʻzi”
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Pakandi qishlogʻida yashovchi Feruza Bekmurodova oilaning qut-barakasi, fayzu totuvligi koʻp jihatdan ayolga bogʻliq deb hisoblaydi. Toʻrt sotixli issiqxonasida pomidor va bodring yetishtirib, yiliga oʻrtacha 30-40 mln soʻm daromad topayotgan bu ayol oʻz hayotini misol qilib koʻrsatishdan tortinmaydi.
Yaqinda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi Chiroqchi tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini oʻrganish markazi” aʼzolari Feruza Bekmurodova xonadonida toʻplanishdi. Bu hovliga kirgan deputatu partiya faollarining dili yayradi. “Har bir oila — tadbirkor” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda shu ishbilarmon ayol xonadoni “master-klass” oʻtkazish uchun eng maqbul maskan, deya eʼtirof etildi.
— Bundan men juda xursand boʻldim,— deydi Feruza. — Boʻlmasa, men ham oʻziga toʻq oila emas edim. Roʻzgʻorda qiyinchiliklar koʻp boʻlgan. Issiqxona barpo etganimizdan soʻng ishimiz yurishib ketdi. Uy-joyimizni yaxshilab oldik, toʻy qildik, hozir eng toʻq oilalardan birimiz. Kambagʻallikni qisqartirishda issiqxonalardan foydalanishning, mehnatsevarlikning ahamiyati nihoyatda katta. Bugun koʻplab opa-singillarim mening uyimda mehmon boʻlib, qilgan ishlarimni koʻrib, ibrat olishdi. Ularga erinchoqlik daromadning dushmani ekanini, inson har qanday sharoitda ham imkoniyat topa olishini, buning uchun esa xohish va harakat boʻlishi kerakligini oʻz tajribam misolida aytib berdim.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
- Dardoqdan chiqqan qahramon
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring