Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida 2023/2024 oʻquv yilida xotin-qizlarga qoʻshimcha 12 ta kvota ajratildi

Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlariga koʻra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025-yilda 20 foizga, 2030-yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi (bu koʻrsatkich Qozogʻistonda 51%, Rossiyada 66%, Sloveniyada 70%, Portugaliyada 75%).
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 oʻquv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy huquq ixtisosliklari boʻyicha qabul eʼlon qilingan.
Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Oʻquv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga oʻzlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot oʻtash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot oʻtash jami oʻqish davrining qariyb yarmini tashkil qiladi).
Hujjatlar 2023-yilning 5-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Prezident boks finalini tomosha qildi – Fotoreportaj
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring