Ayol 12 dollarga tovuq sotib oldi va jonivor yuragini operatsiya qildirish uchun 10 ming dollar sarfladi

15:56 25 Yanvar 2021 Dunyo
4297 0

Baʼzan, odamning uy hayvoniga boʻlgan sevgisi har qanday toʻsiq yoki moliyaviy toʻsiqlarni yengib chiqishi mumkin. AQSHlik Seleta Notnagel uchun uning Moviy ismli ikki yoshli tovugʻi bebahodir. Seleta, nafaqat, unga inson isteʼmol qiladigan ovqatlarni beradi, balki unga yonida uxlashi uchun ham imkon yaratib bergan.

Seleta mahalliy ozuqa doʻkonidan moviy rangni yaxshi koʻrgani sababli tovuqni 12 AQSH dollarga sotib olgan, oʻsha kundan boshlab uning tovuqqa boʻlgan mehri ortib boradi. Biroz vaqt oʻtgach “Moviy” laqabli tovuqning nafas olishi qiyinlasha boshlaydi. Bir qancha tekshiruvlar natijasida uning yuragida oʻzgarish borligi aniqlanadi.

Jarrohlik amaliyotning oʻzi va boshqa koʻplab tekshiruvlar orqali “Moviy”ning hayotini saqlab qolish uchun taxminan 10,000 AQSH dollari ketdi. Sugʻurta puli 2500 dollarni qopladi.

Ayol hayotidan mamnun. U agar yana shunday hol takrorlansa ham, hech ikkilanmay sevimli tovugʻi uchun bundan koʻproq pul sarflashga tayyorligini qoʻshimcha qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?