Ayni daqiqalarda mehmonlar Bojxona qoʻmitasining Bojxona rasmiylashtiruvi markazi faoliyati bilan tanishishmoqda

10:55 11 Dekabr 2023 Jamiyat
105 0

Joriy yilning 29-avgust kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bojxona qoʻmitasiga tashrifi chogʻida ishga tushirilgan mazkur markaz xalqaro jamoatchilik tomonidan ham gʻoyatda qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

Mohiyatan ushbu tashrif bojxona tizimi hamisha Davlat Rahbarining diqqat eʼtiborida ekanligini anglatish barobarida bojxona xodimlariga bildirilgan yuksak ishonchning oʻziga xos ramziga aylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmonida sohani raqamli transformatsiya qilish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish boʻyicha topshiriqlar belgilangan edi.

Bojxona qoʻmitasida bunyod etilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi mazkur chora-tadbirlarning amaliy natijasi boʻldi.

Ushbu majmuada Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklaratsiyalash posti, “Call-markaz”, Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasi tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?