Avtomashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan fuqaro YTH sodir etdi. Oqibatda bir inson hayotdan koʻz yumdi

00:20 11 May 2021 Jamiyat
473 0

2021-yil 10-may kuni taxminan soat 11.30 da Yangihayot tumanidagi Mehrigiyo koʻchasida muqaddam 2021-yil 3-fevral kuni Uchtepa tumani sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131 moddasi 1 qismiga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan 1995-yilda tugʻilgan Ahmadjon A. “Spark” (davlat raqami 01 Z 841 CV) avtomobilini boshqarib yoʻl tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtmoqchi boʻlgan piyoda – 1988-yilda tugʻilgan Bekzod R.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер