Avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi

18:10 31 Yanvar 2023 Siyosat
757 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqilishi shartligini taʼkidladi.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1-iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi. Bunda aholi orasida alohida soʻrov oʻtkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi. Jumladan:

— tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yoʻnalishda yoʻlovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7 yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar boʻyicha shartnoma tuzilmaydi);

— tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini boʻlib-boʻlib toʻlashiga ruxsat beriladi;

— avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер