Avtobusda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan FVV munosabat bildirdi

Illyustrativ foto
Bugun, 26-noyabr kuni soat 15:02 da Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumani M.Ulugʻbek koʻchasida ekspress yoʻnalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan vaqtda yongʻin haydovchi tomonidan birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari orqali bartaraf etilgani maʼlum boʻlgan.
Yongʻin natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring