Avstriya hukumati “COVID-19”ga qarshi emlanganlarni kechasi uyidan chiqishini taqiqlamoqchi

22:06 15 Noyabr 2021 Dunyo
734 0

Foto: Eibner Europa

Avstriya hukumati “COVID-19”ga qarshi emlangan odamlarni tungi vaqtda uylarini tark etishini taqiqlamoqchi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Volfgang Myukshteyn maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu rasmiylar tomonidan muhokama qilinayotgan chora-tadbirlar paketining faqat bir qismi. Qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi yakuni qaror 17-noyabr, chorshanba kuni qabul qilinishi kutilmoqda.

“Bu chora ham muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar buni menga tavsiya qildilar va men ularga qoʻshilaman. Kechasi emlanganlarga ham uchun uyidan chiqishiga cheklovlar qoʻyiladi”, deydi vazir.

Myukshteynning qoʻshimcha qilishicha, Avstriyada hamma pandemiyaga qarshi “bir qayiqda” kurashmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, baʼzi cheklovlar umumiy lokdaundan qochishga yordam berishi kerak.

Avvalroq, kansler Aleksander Shallenber Avstriyada 15-noyabrdan koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar uchun karantin joriy etilishini aytgan edi. Unga koʻra, 12 yoshdan oshgan va “COVID-19”ga qarshi emlanmagan odamlar uyidan faqat oziq-ovqat va zaruriy narsalarni xarid qilish, shuningdek, ishga borish va sayr uchun chiqishi mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?