Avstraliya Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi

15:03 24 Fevral 2024 Siyosat
139 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Avstraliya elchisi etib tayinlangan Jon Giringni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi.

“Avstraliyaning Oʻzbekistondagi Elchisi Jon Giring janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. — Uchrashuvimiz kun tartibi oʻzaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab oldi”.

Bundan avval Avstraliyaning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimida Greym Mixan (2020-2024-yillar) faoliyat yuritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?