«Atletiko Madrid» va oʻzbek futbol klublaridan biri oʻrtasida Toshkentda oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish rejalashtirilmoqda
Mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston turizm va sport vazirining xalqaro maslahatchisi Aliya Ospanova hamda Ispaniyaning «Atletiko Madrid» futbol klubi xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Rosolino Amenta oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Unda jahon futbolining mashhur yulduzlari ishtirokida qator xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash, “visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road” brendini targʻib qilish, shuningdek, klub jamoasi asosiy tarkibining Oʻzbekiston klublaridan biri bilan oʻrtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ispaniya klubi vakillari Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va oʻzgarishlar bilan yaxshi tanishligini taʼkidladi, turizm va sport sohasida qoʻshma loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
«Atletiko Madrid» professional futbol klubiga 1903-yil 26-aprel kuni asos solingan. Jamoaning uy stadioni «Vanda Metropolitano» Yevropadagi eng katta va muhtasham arenalardan biri hisoblanadi. «Atletiko» shu kunga qadar oʻn marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2009/10, 2011/12 va 2017/18 futbol mavsumlarida UYEFA Yevropa ligasi kubogi sohibi boʻlgan. Shuningdek, jamoa uch marta Yevropa Chempionlar ligasi finalida qatnashgan.
Uchrashuv yakunida «Atletiko Madrid» delegatsiyasining sport inshootlari infratuzilmasi bilan tanishish va mazkur futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Madridga rasmiy tashrifi doirasida «Atletiko Madrid» rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazgan edi. Unda Oʻzbekistonda «Atletiko Madrid» akademiyasini tashkil etish va “visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road” sayyohlik brendini targʻib qilish boʻyicha kelishib olingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring