Ishlab chiqarishga milliy qadriyatlar singdirilmoqda

10:36 23 Fevral 2021 Iqtisodiyot
287 0

Andijon viloyati statistika boshqarmasi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning fevral oyi shu kuniga qadar Qoʻrgʻontepa tumanida 2 ming 113 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtdi. Ular orasida ishlab chiqarish korxonalarining mavjudligi yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga sabab boʻlayotgani bilan ahamiyatlidir. Tumanning Qorasuv shahrida oʻz faoliyatini boshlagan “Mashhur” xususiy korxonasi shular jumlasidandir.

— Korxonaning boshqa korxonalardan farqli jihati shundaki, bu yerda milliy hunarmandchilik, qandolatchilik va pishiriq mahsulotlari ishlab chiqariladi, — deydi hunarmand Sanobarxon Madrahimova. – Zamon qanchalar shiddat bilan rivojlanmasin baribir, milliy liboslarimizga, buyumlarimizga ehtiyoj katta. Qolaversa, viloyatimizda bu kabi korxonalar juda kam. Masalaga shu jihatdan yondashadigan boʻlsak, “Mashhur” mashhurlikka erishadi.

Korxona 50 nafar ishchilar bilan oʻz faoliyatini boshladi. Bu boshlanishi, albatta. Kelgusida yangi mahsulotlar oʻzlashtirilishi tufayli yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?