Atigi 21 ta klasterda urugʻchilik sexlari mavjud

15:46 28 Iyun 2022 Siyosat
647 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Prezident topshirigʻiga koʻra tarmoq korxonalari, klasterlar, olimlar bilan bir necha bor uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularda bildirilgan fikr va takliflar asosida aniq yechimlar belgilab olindi.

Birinchisi – paxta hosildorligini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy qilinadi.

Misol uchun, Toʻrtkoʻldagi «Agro Toʻrtkoʻl tekstil» hamda Ellikqalʼadagi “Boʻston” klasterlari bir gektarga oʻrtacha 4-5 million soʻm sarflab, hosildorlikni 2019-yildagi 23 sentnerdan 2021-yilda 40 sentnerga koʻpaytirgan. Bu yil esa Qoraqalpogʻiston sharoitida gektaridan 33 sentnerdan hosil oladi.

Lekin oʻtgan yili respublika boʻyicha 121 ta paxta-toʻqimachilik klasteridan 18 tasida hosildorlik 25 sentnerdan kam boʻlgan.

Sababi, urugʻchilik, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash, sugʻorishda jiddiy muammo va kamchiliklar bor.

Atigi 21 ta klasterda urugʻchilik sexlari mavjud. Chigitni tayyorlash (protravka) ham sanoqli klasterlarda yoʻlga qoʻyilgan.

Yer sifatini yaxshilash, urugʻchilik boʻyicha bor-yoʻgʻi 6 ta klaster zamonaviy laboratoriya tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?