Asosiy qonunimizda yer xususiy mulk boʻlishi mumkinligi aniq belgilanishi lozim — Prezident

12:39 20 Iyun 2022 Siyosat
285 0

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev mavzuni davom ettirib, uning muhim jihatlariga toʻxtaldi. 

“Shu maqsadda, Konstitutsiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablagʻlar erkin harakatlanishini, davlat ichki va xalqaro savdo rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratishini mustahkamlashimiz shart.

Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanini Konstitutsiyada mustahkamlashni taklif etaman. 

Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni taʼminlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmasligini kafolatlashi lozim.

Shu bilan birga, Asosiy qonunimizda yer xususiy mulk boʻlishi mumkinligi aniq belgilanishi lozim, deb hisoblayman.

Qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmon fondi davlat tasarrufida boʻlib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida beriladi, degan mazmundagi norma ham Konstitutsiyamizda aks etishi albatta oʻrinli boʻlar edi” deya taʼkidladi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер