Askarlarga haydovchilik guvohnomalari topshirildi

Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Hozirda respublikamiz boʻylab oʻz harbiy burchini oʻtash davomida “Vatanparvar” tashkilotining haydovchilik oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga haydovchilik guvohnomalari topshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabariga koʻra, bugun Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizoniga qarashli harbiy qismda oʻz yigitlik burchini oʻtayotgan 62 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatni yakunlash arafasida turgan ushbu yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, hayotda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topishlari uchun zarur maslahatlar berdilar.

Oʻz navbatida, soʻzga chiqqan askarlar ham oʻzlarining naqadar omadli ekanliklarini, negaki ular Vatanimiz oldidagi muqaddas burchni ado etish bilan birga, uylariga “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv kursida egallagan kasblari va buni rasman tasdiqlovchi guvohnomalari bilan qaytishlarini mamnuniyat bilan bildirdilar.
Xuddi shunday tadbir Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda ham boʻlib oʻtdi. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash bilan birga “BC” toifasi boʻyicha haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan 70 nafar yoshlarning ham quvonchi cheksiz. Ular tez orada uylariga qaytib, ushbu guvohnomalar yordamida biror foydali ishning boshidan tutishlariga qatʼiy ishonmoqdalar.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 2021-yilda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan boʻlib, ushbu hujjatlarga muvofiq, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlar “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv kurslarida haydovchilik va yana besh xil texnik kasbga ixtiyoriy ravishda oʻqitib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring