Ashxobod shahrida oʻtayotgan IHT sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv oʻtkazdi 

13:26 28 Noyabr 2021 Siyosat
690 0

Foto: president.uz

Ashxobod shahrida oʻtayotgan IHT sammiti tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Pokiston koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yoʻnalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?