Asakaliklar tomorqadan besh martagacha hosil oladilar

10:05 26 Noyabr 2021 Jamiyat
137 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Andijon viloyatida tabiatan omilkor aholi tomorqadan toʻrt marta hosil olib, bir parcha yerni ham moʻmay daromad manbaiga aylantirishi odatiy hol sanaladi. Qizigʻi, tomorqa dehqonchiligining xadisini olgan asakaliklar  ekkan sabzavotu polizlaridan besh martagacha hosil olishning uddasidan chiqmoqdalar.

– 15 sotix tomorqam bor,– deydi “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi Bozorboy Sobirov. – Hozirda issiqxona sharoitida bulgʻor qalampiri yetishtiryapman. Issiqxonani mahalliy sharoitga moslab, “termos” usulida qurganman. Shuning uchun faqat qish qahratonidagina isitaman.

Bozorboy aka har yili tomorqasidan besh marotaba hosil oladi. Yillik daromadi esa 180 million soʻmni tashkil etmoqda. Eplaganga elakda suv, deb shuni aytsalar kerak-da!

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?