Asakalik tomorqachi har oy 18 million soʻm daromad topmoqda

20:54 01 Dekabr 2021 Jamiyat
292 0

Tomorqa,  yerning “tili”ni bilgan, izlangan va mehnatda toblangan oila egalari uchun chindan ham moʻmay daromad manbai ekanini Andijon viloyati Asaka tumanidagi Otish mahallasida yashovchi Rustam aka Musayev misolida yaqqol koʻrish mumkin. U xonadonidagi 3 sotix maydonda tashkil etgan issiqxonada qulupnay yetishtirib, har oyda 18 million soʻm daromad topayotgani – bu mubolagʻa emas.

– “Rudbin” navli qulupnay yetishtiramiz,– deydi Rustam aka. – Har uch kunda hosil yigʻaman. Qolaversa, 2 sotix yerda koʻchatini yetishtiraman. Hosilini ham, koʻchatini ham respublikamizning turli viloyatlaridan kelib xarid qilib ketishyapti.

Yil davomida hosil yigʻishni yoʻlga qoʻygan tomorqachining roʻzgʻoridagi baraka ham mehnatiga yarasha. Quvonarlisi, ichki bozordan ortib, Rossiya Federatsiyasiga eksportni yoʻlga qoʻygan. Uydan chiqmagan holda daromad topishning xadisini olgan Rustam aka kelgusida qulupnayning yangi navlarini yaratish istagida.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?