Asakadagi YTHda “Tez yordam” haydovchisi vafot etdi

10:49 12 Yanvar 2021 Jamiyat
597 0

Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 20:00larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, Neʼmatobod MFY hududidan oʻtgan 4R-138 avtomobil yoʻlining 24-kilometrida, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan N.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli hamda haydovchi 1979-yilda tugʻilgan, Sh.X. boshqaruvidagi, Asaka tumani SHTTYOBga tegishli boʻlgan «Damas» rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

Natijada, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi 41 yoshli Sh.X. olgan ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil yoʻlovchisi 1987-yilda tugʻilgan U.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?