Artel kompaniyasi uchun maxsus yoki alohida tartibda imtiyozlar berilmagan — Rasmiy munosabat

19:11 17 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
759 0

Foto: Artel matbuot xizmati

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Artel kompaniyasiga nisbatan notoʻgʻri munosabatlar kuzatilmoqda. Jumladan, ayrim manbalar internet tarmoqlaridagi asossiz maʼlumotlarga tayanib, jamoatchilikka notoʻgʻri maʼlumot tarqatmoqda. Yaʼni kompaniyaga maxsus soliq imtiyozlari berilgani taʼkidlangan.

Artel kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda muhokamaga sabab boʻlgan maʼlumotlarga nisbatan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Artel kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarda hozirgi kunda 10 mingdan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi. Ularning 2021-yil uchun yillik daromadi 386 mlrddan oshgan.

2020-yil uchun kompaniya toʻlagan soliq va majburiy toʻlovlar davlat byudjetiga tushgan jami soliq tushumlarining 0,6 foizini tashkil etgan (103,6 trln.dan 0,63 trln.soʻm).

2021-yilda davlat va mahalliy byudjetga 699 mlrd soʻmdan ortiq soliq va bojxona toʻlovlari amalga oshirilgan.

Kompaniya 2020-yilda 80 million AQSH dollari va 2021-yilda 100 million AQSH dollari miqdorida eksportni amalga oshirdi.

2022-yildagi soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar natijasida Artel kompaniyasi uchun mol-mulk soliq hisoblash bazasi 2.1 barobarga ortdi.

Elektrotexnika sohasini rivojlantirish uchun “Oʻzeltexsanoat” tarkibiga kiruvchi va elektrotexnika sanoatining barcha ishlab chiqaruvchilari muayyan soliq imtiyozlariga ega. 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2021-yildagi PQ-5011-sonli Qarorida koʻrsatilgan imtiyozlardan Artel kompaniyasi “Oʻzeltexsanoat” tarkibiga kiruvchi 100 dan ortiq korxonalar bilan teng huquqda foydalanadi. Yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida Artel kompaniyasi uchun maxsus yoki alohida tartibda imtiyozlar berilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер