Arnasoydagi kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining 6 nafari muddatidan oldin talaba boʻldi

21:04 20 Iyul 2022 Jamiyat
340 0

Foto: Xalq so‘zi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi kasb-hunar maktabini joriy oʻquv yilida 145 nafar oʻgʻil-qiz bitirdi.

— Ilk qaldirgʻochlarimiz xalqaro toifadagi professional taʼlim diplomiga ega boʻlishdi, — deydi Arnasoy kasb-hunar maktabi direktor oʻrinbosari Bahriddin Tojiyev. — Quvonarlisi, 6 nafar bitiruvchimiz muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. Bitiruvchilarimizning yana 87 nafari oliy taʼlim olish istagida boʻlsa, 8 nafar yigit-qiz mutaxassisligi boʻyicha oʻz biznesini boshlashga ham ulgurdi.

Maʼlumot uchun. 2022-2023 oʻquv yilida mazkur kasb-hunar maktabiga 210 nafar oʻquvchini qabul qilish rejalashtirilgan boʻlib, tikuvchilik, oshpaz-qandolatchilik, issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti, avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish, baliqchilik kabi yoʻnalishlarda tahsil yoʻlga qoʻyilgan.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?