Arnasoyda gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shahobchasining faoliyati fosh etildi

11:04 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
256 0

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelganliklari natijasida, “Arnasoy tumangaz” gaz filiali manfaatlariga 459,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?