Arizasini qaytarib olish evaziga 10 mln soʻm olgan tovlamachi ushlandi

17:23 02 Noyabr 2020 Jamiyat
557 0

Xorazm viloyatida shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga 10 mln soʻm olgan tovlamachi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.D. tomonidan Hazorasp tuman “Yoʻllardan foydalanish” UK faoliiyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga korxona rahbaridan tovlamachilik yoʻli bilan 10 mln soʻmni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?