Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

13:06 15 Aprel 2025 Dunyo
170 0

Foto: AP

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u “Neura Media” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi”, — deydi u.

Shu bilan birga, Miley Yevropani “uygʻonish” (inglizcha “woke” soʻzidan olingan boʻlib, “uygʻonish”, irqiy kamsitish va “oq imtiyozlar” bilan kurash — tahr. eslatmasi) bilan “qattiq kurash” kutayotganini taʼkidladi. Argentina rahbari, shuningdek, Yevropa “anchadan beri oʻsmaganini” taʼkidladi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer eski dunyo tartibi tugatilganini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi dunyo “oʻrnatilgan qoidalar”ga emas, balki “kelishuvlar va ittifoqlarga” tayanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?