Argentina Xitoydan import uchun toʻlovni yuanda toʻlashga oʻtganini eʼlon qildi
Illyustrativ foto
Argentina Markaziy bank zaxiralarini saqlab qolish bilan bogʻliq muammolar fonida Xitoydan import uchun toʻlovni yuanda toʻlashga oʻtmoqda. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Serjio Massaning maʼlum qildi.
Siyosatchining qayd etishicha, “mamlakat tarixidagi eng yomon qurgʻoqchilik eksportni 15 milliard dollarga qisqartirgan.
“Biz Xitoy bilan almashtirishni faollashtirmoqdamiz. Bu bizga ushbu mamlakatdan import uchun aprel oyida 1 milliard 40 million va may oyidan boshlab 790 million dollarni yuanda toʻlash imkonini beradi”, deydi Massa.
Argentina hukumati oldida mamlakat uchun asosiy boʻlgan tovarlar va resurslar importini taʼminlash uchun zaxiralarni saqlash vazifasi turibdi.
Shu yilning 20-aprel kuni Argentina Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashning bazaviy stavkasini uch foizga oshirdi. Natijada, asosiy stavka 81 foizgacha oshdi. Bu 2019-yilning sentyabridan beri rekord darajada koʻrsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiy vaziyat valyuta zaxiralarining qisqarishi va milliy valyuta pesoning dollarga nisbatan past kursi, shuningdek, mamlakatning asosiy ekinlari eksportiga taʼsir qilgan qurgʻoqchilik tufayli ogʻirlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring