AQSHning yana bir harbiy kemasi Eron tomon yoʻlga chiqdi – Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Ayova shtatidagi tarafdorlari oldida nutq soʻzlab, Tehron Vashington bilan kelishuvga rozi boʻlishiga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqida “Kontekst” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlumki, avvalroq, AQSH Markaziy qoʻmondonligi “Avraam Linkoln” nomli aviatashuvchisining Hind okeani boʻylab Eron tomonga harakatlanayotganini tasdiqlagan edi.
Qoʻshma Shtatlar rahbari bugun, 28-yanvar kuni yana bir harbiy kema Tehron tarafga qarab harakatlanayotgani haqida aytib oʻtdi.
“Hozirda yana bir ajoyib armada Eronga qarab yoʻl olmoqda. Umid qilamanki ular kelishuvga rozi boʻladi. Shuning uchun, ular tomon yoʻlga chiqqan harbiy kemalardan foydalanishimiz faqatgina vaqt masalasi boʻlib qolmoqda”, — degan Oq uy rahbari.
Shuningdek, AQSH Markaziy qoʻmondonligi mamlakat harbiy-havo kuchlari Yaqin Sharqda koʻp kunlik jangovar tayyorgarlik mashqlarini boshlashini ham maʼlum qilgan.
“New York Times” gazetasining yozishicha, Eron tomon harakatlanayotgan “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kema tez orada Eronga yetib boradi va zarba berish uchun shay holatga keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring