AQSHdagi vaziyat tufayli oltin narxi birdan koʻtarildi

11:00 11 Noyabr 2025 Iqtisodiyot
221 0

Illyustrativ foto

AQSHdagi vaziyat va AQSH — Xitoy savdo qarama-qarshiligining barqarorlashishi fonida pasayib borayotgan oltin narxi koʻtarila boshladi. Kuzatishlarga qaraganda dushanba kunidan beri ushbu qimmatbaho metalning qiymati 3,5 foizdan koʻproqqa oshgan.

“Investing” maʼlumotlariga koʻra, uning narxi bir troya unsiyasi uchun 4150 dollardan oshdi va eng yuqori koʻrsatkich 4154,82 dollarga yetdi.

“AQSH prezidenti Donald Tramp va Kongressdagi muxolifat yopilish jarayonini toʻxtatish va hukumatning normal faoliyatini qayta tiklashga kelishib olgani haqidagi xabar barcha tovar bozorlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi”, — deydi “Freedom Finance Global” kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Natalya Milchakova. Ekspert, shuningdek, kumush narxining ham sezilarli darajada oʻsishini taʼkidladi. Izohlanishicha, oltinning yuqori narxi tufayli xitoylik zargarlar kumushga oʻtishmoqda.

10-noyabr kuni AQSH Senati 60-40 ovoz bilan federal hukumatni qayta moliyalashtirish yoʻlidagi qadamni belgilovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu esa darhol neft narxining ham keskin koʻtarilishiga olib keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?