AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
AQSHda jurnalist qiz muxbirlar bilan muloqot qilayotgan Trampning yuziga beixtiyor mikrofon bilan urib yubordi. Ushbu holat keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Bu haqida “Livemint” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat kecha, 14-mart kuni Amerika rahbarining Endryus qoʻshma bazasida nutq soʻzlayotgan vaqtida sodir boʻlgan. Ushbu holat videotasviri tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokama qilinmoqda.
Qoʻshma Shtatlar rahbari esa holatga munosabat bildirar ekan, jurnalist qiz ushbu harakati bilan hozirgina tarixga kirganini aytib oʻtdi. Shuningdek, u mazkur holatdan mamnun emasligini ham qoʻshimcha qilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa, hodisaga oddiy koʻz qaramaslik kerakligini taʼkidlab, tarmoqlardagi sahifalarida post hamda izohlar yozishmoqda.
“Bu holatga shunchaki koʻz yumib boʻlmaydi. Oʻsha mikrofonda biror zaharli modda surkalgan boʻlishi mumkin edi. Bu oson qabul qilinadigan narsa emas”, – deb yozadi “X” ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilaridan biri.
Yana bir internet foydalanuvchisi esa, Trampning yuziga tekkan mikrofonni tekshirish kerakligini taʼkidlagan.
“Agar Tramp yaqin bir necha soat ichida sirli ravishda vafot etsa, yoki sogʻligi yomonlashsa men oʻsha mikrofonni sabab deb bilaman. Ajablanarli holat. Mikrofon zaharlangan boʻlishi mumkin, tekshirish kerak”, – deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring