AQSHda roʻy bergan suv toshqinlari oqibatda 46 inson halok boʻldi

11:31 03 Sentyabr 2021 Dunyo
681 0

AQSHning shimoli-sharqida roʻy bergan «Ida» toʻyfoni oqibatida kelib chiqqan surunkali yogʻingarchiliklar va suv toshqinlari qurbonlari soni 46 kishiga yetdi, deb xabar berdi CNN.

Bundan oldin tabiiy ofat 29 kishini hayotdan olib ketgani maʼlum qilingandi.

Toʻfondan eng koʻp Nyu-Jersi jabr koʻrdi. Bu yerda 23 kishi halok boʻlgan. Nyu-York shtatida esa 15 kishi, Pensilvaniyada kamida 5 kishi dunyodan koʻz yumgan. Merilend va Konnektikutda ham qurbonlar borligi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha AQSHning sharqiy sohillariga kuchli yogʻingarchilik kirib kelgan. Noqulay ob-havo Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York shtatlarini qamrab olgan. Mahalliy telekanallarda suv ostida qolgan koʻchalar, toshib ketgan qirgʻoqlar, suv kirib kelgan uylar namoyish etilmoqda.

Hukumat evakuatsiya ishlarini olib bormoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?