AQSHda koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi. Ulardan biri juda yuqimliligi aytilmoqda

01:25 14 Yanvar 2021 Dunyo
239 0

Foto: Sipa USA

AQSHda koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlangan. Bu haqda Ogayo shtati universiteti tibbiyot markazi maʼlum qildi.

Ulardan biri “Covid-19"ning Buyuk Britaniya shtammiga oʻxshash boʻlib, bir bemorda aniqlangan. Mutaxassislar hozircha uning qanchalik tarqalgani haqida maʼlumot ega emasliklarini bildirishgan.

Kolumbus shahrida aniqlangan ikkinchi shtamm uchta genetik mutatsiyaga ega. Olimlarning fikriga koʻra, u hozirda maʼlum boʻlgan koronavirusning barcha mutatsiyalaridan yuqumli hisoblanadi.

Tadqiqotchilar yangi shtammlar haqida batafsil maʼlumot olinmaguncha keskin munosabat bildirmaslikka chaqirishmoqda. Shuningdek, ular ushbu mutatsiyalar vaksinalarning samaradorligiga qanday taʼsir koʻrsatishi borasida ham hozircha maʼlumotlar yoʻqligini aytishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?