AQSHda koronavirusdan vafot etganlar xotirasi uchun 5 kunlik motam eʼlon qilindi

15:00 23 Fevral 2021 Dunyo
249 0

AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus asoratlaridan vafot etgan 500 ming amerikaliklarni xotirlab motam eʼlon qildi. 

Mamlakatda besh kun davomida davlat bayroqlari tushiriladi. Covid-19 qurbonlari xotirasi Oq uyda bir daqiqalik sukut bilan yod etildi: zinapoyalarda va balkonlarda vafot etganlarning ramzi sifatida 500 ta sham yoqildi.

Shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden pandemiya yilida mamlakatda Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi yillariga qaraganda koʻproq amerikaliklar vafot etganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?