AQSHda Xitoy va Rossiya armiyasining umumiy zaif tomoni haqida maʼlum qilindi

23:38 20 Sentyabr 2022 Dunyo
689 0

Arxiv surat

Xitoy va Rossiya qurolli kuchlarining umumiy zaif tomoni bor, deya yozmoqda CNN AQSH mudofaa universiteti hisobotiga tayanib.

Hisobotda 2015-yildan 2021-yilgacha Xitoy armiyasi, dengiz floti, havo kuchlari va raketa kuchlarining 300 dan ortiq yuqori martabali zobitlarining tarjimayi holi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga koʻra, har bir xizmat rahbarlari oʻz faoliyatini boshlagan sohadan tashqari boshqa jabhalarda operatsion tajribaga egaligini aytish qiyin. AQSHda esa 1986-yildan beri oʻzaro mashgʻulotlar qonuniy talab boʻlib kelgan.

Bu xususiyat Xitoy armiyasining yuqori darajadagi oʻzaro taʼsir zarur boʻlgan joyda samarali boʻlish salohiyatini kamaytirishi mumkin.

Biroq ekspertlar Xitoyning urushdagi ehtimoliy xatti-harakatlarini Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari bilan solishtirishdan ehtiyot boʻlishadi. Xususan, hisobotga koʻra, Xitoy, Rossiyadan farqli oʻlaroq, chaqiriluvchilarni tayyorlashda yaxshiroq, Xitoy armiyasida kichik ofitserlar instituti rivojlangan. Qayd etilishicha, barcha xitoylik zobitlar Kommunistik partiya aʼzosi, yaʼni ular maʼlum siyosiy tayyorgarlikka ega.

Amerikalik tahlilchilarning taʼkidlashicha, agar Xitoyda eng yangi texnologiyalardan foydalanishga qodir yosh ofitserlarning yangi avlodi paydo boʻlsa, vaziyat oʻzgarishi mumkin. Bugungi kunda, ekspertlarning fikricha, XXR raisi Si Szinpin zamonaviy mojarolarga koʻproq tanish boʻlgan yosh ofitserlarni jalb qilmaydi, yaʼni bunda eski zobitlarning sadoqatini ragʻbatlantirishni afzal koʻradi.

Biroq, tahlilchilar Xitoy imkoniyatlarini yetarlicha baholamaslikdan ehtiyot boʻlib, Rossiya bilan taqqoslashdan ogohlantirmoqda.

Avvalroq AQSH Rossiya prezidenti Putin va uning xitoylik hamkasbi Si Szinpinning yagona front yaratish haqidagi bayonotidan xavotir bildirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?