AQShda IT sohasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan “Vatandoshlar forumi” tashkil etildi

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida IT va autsorsing kompaniyalarda o‘z faoliyatlarini yuritayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan “Vatandoshlar forumi” tashkil etildi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning IT imkoniyatlari va mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, vatandoshlar orqali IT-autsorsing sohasida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan iborat.
Unda O‘zbekiston IT-xizmatlar va mahsulotlar eksportini 2030-yilga qadar 5 mlrd dollarga, O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish, O‘zbekistonda IT-ta’lim va kadrlar tayyorlashga sarmoya va grantlar jalb qilish maqsadida Amerika bozoriga kirishi masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda IT sohadagi o‘zgarishlar va potensial investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ingliz tilini biladigan va IT sohasida dasturlash xizmatlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qodir mutaxassislar sonini ko‘paytirish hamda eksport hajmini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida AQSHda faoliyat olib borayotgan IT-kompaniyalar vakillari mamlakatimizda joriy etilgan soliq imtiyozlari, sarmoya kiritish, kadrlar tanqisligini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, mamlakatimiz bozoridagi IT-xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj va masofaviy xizmatlarni taqdim etishda eng talabgor xizmatlar bo‘yicha savollariga javob oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring