AQSH Yaqin Sharq boʻyicha siyosatini oʻzgartirmoqda va bu yerda ittifoq tuzishni koʻzlamoqda

Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari Yaqin Sharqdagi siyosatini oʻzgartiradi. Bu haqda Pentagon rahbarining strategiya, rejalashtirish va harbiy salohiyat boʻyicha yordamchisi Mara Karlin aytib oʻtdi.
“Karlinning aytishicha, AQSHning Yaqin Sharqqa munosabatida paradigma oʻzgardi. Bu yerda gap koʻpincha bir tomonlama harbiy yondashuv orqali mintaqani oʻzgartirish boʻyicha real boʻlmagan maqsadlardan voz kechish haqida ketmoqda”, deyiladi manbada.
Taʼkidlanishicha, Vashington mintaqada aniq maqsadlar qoʻygan ittifoqlar qurish va qurol sotishga oʻtadi. Yaqin Sharqdagi hamkorlar AQSH va uning ittifoqchilaridan qurol tizimlarini sotib olishlari kerak, aks holda Amerika tomoni mintaqada samarali faoliyat yurita olmaydi.
Uning soʻzlariga koʻra, turli manbalardan mudofaa xaridlarini amalga oshirish, jangovar samaradorlikka erishishga toʻsqinlik qilsa va qurolni saqlashni qiyinlashtirsa ham bu AQSHning baʼzi mintaqaviy hamkorlari uchun uzoq vaqtdan beri mavjud xususiyatdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring