AQSH Ukrainaga oʻz harbiylarini yuborish masalasiga oydinlik kiritdi

00:21 29 Fevral 2024 Dunyo
260 0

Foto: Reuters

AQSH Ukrainaga oʻz askarlarini yubormaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller maʼlum qildi.

“AQSH prezidenti Jo Bayden “u yerda” Amerika harbiylari boʻlmasligini aniq aytdi”, deydi Miller.

Shu bilan birga, u boshqa davlatlar rahbarlari bu borada oʻz qarorlarini qabul qilishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 26-fevral kuni Parijda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha konferensiya yakunlangach, Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan taʼminlash boʻyicha koalitsiya tashkil etilishini eʼlon qildi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Ukrainaga qoʻshin yuborish imkoniyatini izohlab, bunday ssenariyni istisno qilmadi.

Oʻz navbatida, Yevropa Ittifoqi va NATOning ayrim davlatlari ikki tomonlama kelishuvlar asosida oʻz harbiylarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham aytib oʻtdi. Shu bilan birga, u bunday qadam faqat mojaroning kuchayishiga olib kelishidan ogohlantirib, Slovakiya harbiylari Ukrainaga yuborilmasligini taʼkidladi.

Chexiya bosh vaziri Petr Fiala ham Praga oʻz harbiylarini Ukrainaga joʻnatishni rejalashtirmaganini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер