AQSH tomonidan koronavirusning kelib chiqishi haqida tayyorlangan hisobot bugun eʼlon qilinishi kutilmoqda — Oq uy

16:56 24 Avgust 2021 Dunyo
949 0

Foto: pixabay.com

Koronavirusning kelib chiqishi haqida amerikalik mutaxassislar tomonidan tayyorlangan hisobot tayyor boʻladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jennifer Psaki maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, hujjat bilan birinchi boʻlib AQSH prezidenti Jo Bayden tanishadi. Davlat rahbari hisobotning toʻliq versiyasida keltirilgan ekspertlarning xulosalarini oʻrganadi. Keyin uning maxfiy boʻlmagan qismlari ommaga eʼtiboriga havola qilinishi mumkin.

Psakining qoʻshimcha qilishicha, bu borada hozircha aniq sana yoʻq, bu bir necha kun ichida aniq boʻlishi kutilmoqda.

Avvalroq, AQSH Milliy Sogʻliqni saqlash instituti mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holatlari 2019-yil dekabriga toʻgʻri kelishi haqida dalillar borligini maʼlum qilgandi.

2019-yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi turi paydo boʻlgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Keyinchalik ushbu kasallik dunyoning koʻplab mamlakatlarida qayd etildi. Natijada 2020-yilning 11-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti butun dunyoga koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi. 2020-yilning 29-mart kuni Xitoy oʻz hududida koronavirus epidemiyasi tugaganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?