AQSH sobiq vitse-prezidenti Pensning uyidan ham maxfiy hujjatlar topildi

Foto: AP
Maxfiy hujjatlar oʻtgan hafta AQSHning sobiq vitse-prezidenti Maykl Pensning Indiana shtatining Karmel shahridagi uyidan topildi. Ayni paytda ular Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligining ichki xavfsizlik boʻlimi tomonidan tekshirilmoqda. Bu haqda CNN telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarning taʼkidlashicha, “oʻnga yaqin” hujjatlar Donald Tramp maʼmuriyatida AQSH sobiq vitse-prezidenti boʻlgan huquqshunos Maykl Pensning uyidan topilgan.
Shu bilan birga, Pens qoʻlida hech qanday maxfiy hujjatlar yoʻqligini qayta-qayta taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Baydenning uning Delaverdagi uyining garajidan “maxfiy” deb belgilangan hujjatlarni topilgani xabar qilingan edi.
Oʻz navbatida, Bayden maxfiy hujjatlar saqlanganini tan olgandi.
Qayd etilishicha, Jo Bayden vitse-prezidentlik davriga oid maxfiy hujjatlar topilgan va ular Ukraina, Eron va Buyuk Britaniya razvedkasi oid maʼlumotlar ekani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring