AQSH Senati Davlat departamentini Rossiyani terrorchi davlatlar roʻyxatiga kiritishga chaqirdi

20:55 28 Iyul 2022 Dunyo
795 0

Arxiv surat

AQSH Senati Davlat departamentini Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

AQSH Senati AQSH Davlat departamentini Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan.

Hujjatda Rossiya tomonidan sodir etilgan terroristik harakatlar sifatida, masalan, ikkinchi Chechen kampaniyasida “terror” va tinch aholiga qarshi kuch ishlatish, Suriyadagi havo hujumlari va Donbass "ayirmachilari"ni qoʻllab-quvvatlash koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, rezolyutsiyada Rossiya hukumatining Rossiya prezidenti Vladimir Putin koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshirilgan barcha harakatlari terrorchilik harakatlariga homiylik sifatida tan olingan. 

“Ushbu rezolyutsiyadagi hech narsa harbiy kuch ishlatish yoki AQSH harbiy kuchlarining jangovar harakatlarga kirishishi kabi talqin qilinmasligi kerak”, deyiladi hujjatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?