AQSH prezidenti Xerson ustidan nazoratni Ukraina uchun “muhim gʻalaba” dedi

Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya qoʻshinlarining Xersondan olib chiqib ketilishi va shaharning Ukraina Qurolli Kuchlari nazoratiga oʻtishi Kiyev uchun “muhim gʻalaba” deya baholadi.
Bayden Indoneziyada boʻlib oʻtgan G 20 sammitining matbuot anjumanida ishtirok etib, “Birinchidan, bu Ukraina uchun muhim gʻalaba”, dedi u rus armiyasining Xersondan olib chiqib ketilishiga izoh berib. Shu oʻrinda u Vashington Kiyevga harbiy yordam koʻrsatishda davom etishiga vaʼda berdi.
AQSH prezidenti, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar Ukraina inqirozi boʻyicha Kiyev ishtirokisiz hech qanday muzokaralarda qatnashmasligiga taʼkidladi.
Joriy yilning 9-noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus qoʻshinlarini Xersondan Dneprning chap qirgʻogʻiga olib chiqishni buyurdi. U bu qarorini tahdidlarning kuchayishi va rossiyalik harbiylarning hayotini saqlab qolish istagi va umuman, qoʻshinlar guruhining jangovar samaradorligi bilan izohlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring